“UMUMIY TARIX VA MADANIYAT – TURKIY XALQLARINING BIRLASHUVI VA BARQAROR
TARAQQIYOTNING ZAMINI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2025-yil 7-8-aprel
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
TURKIYA SALJUQLI UNIVERSITETI
HOJI BEKTOSH VALIY UNIVERSITETI
OZARBAYJON DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
XAZAR UNIVERSITETI
AHMAD YASSAVIY NOMIDAGI XALQARO TURK-QOZOQ UNIVERSITETI
MUXTOR AVEZOV NOMIDAGI JANUBIY QOZOG‘ISTON DAVLAT UNIVERSITETI
HAYDAR ALIYEV NOMIDAGI OZARBAYJON MADANIYAT MARKAZI
“SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti va “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Umumiy tarix va madaniyat – Markaziy Osiyo xalqlarining birlashuvi va barqaror taraqqiyotning zamini” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Anjuman o‘tkazilish muddati va joyi: 2025-yil 7-8-aprel kunlari, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti (onlayn va oflayn formatda).
Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola va tezis Academia.edu, Yevropaning Zenodo va Open Aire, Polshaning Index Copernicus, Angliyaning Eurpub, Rossiyaning Cyberleninka xalqaro bazalariga joylanadi hamda Google scholar xalqaro ilmiy qidiruv tizimida indekslanadi.
Har bir maqola va tezis uchun alohida DOI raqam olinadi! Konferensiya ishtirokchilariga elektron sertifikat hamda indekslanganlik ma’lumotnomasi taqdim etiladi! Konferensiya materiallari “Science and Innovation” xalqaro ilmiy OAK jurnalining maxsus soni sifatida nashr etiladi. Qabul qilingan maqolalar konferensiya tahririyatidan o‘tganda, to‘plamga tavsiya etiladi!
Ilmiy-amaliy anjumanga quyidagi sho‘balar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:
1-sho‘ba. Markaziy Osiyo Amir Temur va Temuriylar davrida.
2-sho‘ba. Mintaqada harb ishi va harbiy san’at.
3-sho‘ba. Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy taraqqiyotini o‘rganishning ijtimoiy-falsafiy masalalari.
4-sho‘ba. Ajdodlarimizning madaniy va adabiy merosi.
5-sho‘ba. O‘tmishda xalq o‘yinlari va sport.
Eslatma! Anjuman 2 kun (7-8-aprel) davom etib, dastur quyidagicha rejalashtirilgan:
Birinchi kun to‘liq ilmiy ma’ruzalarga bag‘ishlanadi.
Ikkinchi kun seminarlar, memorandum, kelishuvlarga ajratiladi.
Anjumanning maqsadi va formati
Anjumandan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ustuvor vazifalaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish va amaliyotga joriy etish muammolarini muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar bo‘yicha olimlar tomonidan qo‘lga kiritilayotgan so‘ngi yangiliklarni amaliyotga joriy qilish, qolaversa, hozirgi globallashuv davrida turkiy tilli davlatlarning mushtarak tarixi, tili va boshqa jihatlarini o‘zida yoritgan ilmiy ishlarni ommalashtirish anjuman bosh maqsadlaridan hisoblanadi.
Anjumanning eng muhim vazifasi
Anjumanga jarayoniga nafaqat olimlar va doktorantlarni, talabalarni ham jalb etishdan iborat. Anjumanni o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi: kompyuter, elektron proyektor va zaruriy dasturiy ta’minot. Taqdimotlar Power Point dasturida tayyorlanishi kerak. Ilmiy ish natijalarini taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qilish har bir ma’ruzachiga ko‘rgazmada o‘z ishlanmalari natijalarini namoyish etish imkoniyatini beradi. Konferensiya formati har bir ma’ruzaning aniq boshlanish vaqtini va davomiyligini belgilaydi.
Anjuman materillariga qо‘yiladigan talablar
Maqolada kо‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bо‘lishi kerak.
Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar:
·Maqola nomi, annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim;
·Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak;
·Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlchamida, 1,15 intervalda boʻlishi va 8-10 bet hajmda (to‘liq) bo‘lishi lozim.
Maqolalar qabuli
Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida to‘liq ma’lumot uchun: conference.tipi.uz
Maqola va tezislar 2025-yil 1-aprelga qadar qabul qilinadi.
ESLATMA! Anjuman uchun maqola yuklangandan so‘ng elektron pochta xabarlariga ogoh boʻling. Agar sizga qayta yuborish xabari jo‘natilsa, maqolaga tuzatishlar kiritib qaytadan yuborishingiz so‘raladi.
Maqola anjuman dasturiga kiritilganligi haqidagi ma’lumot muallifga elektron pochta yoki telegram messenjeri orqali xabar qilinadi. Anjumanni tashkil etish hamda maqolalarga DOI raqam olib, xalqaro bazalarga indekslash xarajatlarini qoplash uchun har bir maqoladan 150 000 so‘m to‘lov olinadi.
Bogʻlanish uchun:
(+99890) 318-70-75 – Javlon Begaliyev
(+998 93) 354 96 54 – Feruza Ollamurodova
Eslatma: konferensiyada mutaxassislar an’anaviy va ZOOM platformasi orqali ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya ZOOM identifikatori konferensiya dasturi va saytda e’lon qilinadi.
Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Metallurgchilar, 1-uy. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, A binosi.